O’ZBEKISTON
21.10.2025
2025-yilda Markaziy Osiyo + AQSh sammitini o‘tkazish taklif etildi
Kongress a’zolari Sydney Kamlager-Dove va Bill Huizenga 2025-yil oxirigacha Markaziy Osiyo + AQSh sammitini shaxsan o‘tkazishni so‘rab Donald Trumpga murojaat qildilar.
Sammitni C5+1 hamkorlik formatining 10 yilligiga bag‘ishlab Vashingtonda o‘tkazish taklif etilgan.
Maktubda Markaziy Osiyo strategik muhim mintaqa sifatida e’tirof etilgan.
O‘zaro munosabatlarda xavfsizlik, kritik minerallar sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish hamda Jackson-Vanik tuzatishini bekor qilish taklif etilgan.
Sammitning o‘tkazilishi AQShning mintaqa bilan keyingi o‘n yillikdagi munosabatlariga asos bo‘ladigan tarixiy imkoniyat ekanligi ta’kidlangan.
Batafsil: https://kamlager-dove.house.gov/sites/evo-subsites/kamlager-dove.house.gov/files/evo-media-document/c5-1-letter-final.pdf