O’ZBEKISTON
07.11.2026
The National Interest: O‘zbekiston Markaziy Osiyoda diplomatik yo‘nalishni belgilamoqda
Amerikaning The National Interest nashri Adam Blankoning O‘zbekiston tashqi siyosatiga bag‘ishlangan maqolasini e’lon qildi. Muallifning fikricha, yetakchi davlatlarning mintaqaga qiziqishi ortib borayotgan bir sharoitda O‘zbekiston manfaatlar muvozanatining maqbul formulasini topdi: mamlakat har bir sheriklikdan o‘z manfaatlariga mos imkoniyatlarni olmoqda, biroq ularning hech biriga ustun mavqe bermayapti.