QIRG’IZISTON
10.10.2023
Yevropa Ittifoqi Qirg‘izistonga ta’lim sohasi uchun grant asosida 7 million yevro (taxminan 7,4 million dollar) ajratdi.
Yevropa Ittifoqi Qirg‘iziston hukumatiga ta’lim sohasi uchun grant asosida 7 million yevro (taxminan 7,4 million dollar) o‘tkazdi. Bu 2023-2026 yillarda Qirg‘izistonda ta’limni rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish uchun Yevropa Ittifoqi tomonidan ajratilgan 27 million yevroning (28,4 million dollardan ortiq) birinchi qismidir.