O’ZBEKISTON
18.05.2026
Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iz Respublikasi yosh parlamentariylarining birinchi forumi o‘tkazildi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Yoshlar — umumiy taraqqiyot va tinchlik sari!” shiori ostida O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iz Respublikasi yosh parlamentariylarining birinchi forumi bo‘lib o‘tdi. Unda ikki mamlakat parlamentlari vakillari, yosh deputatlar, Yoshlar parlamenti a’zolari, ekspertlar ishtirok etdi.