TOJIKISTON
23.01.2024
Tojikiston va Qatar o'rtasidagi munosabatlar o'zaro ishonch va hurmat asosida rivojlanmoqda
Tojikiston Respublikasi prezidenti E. Rahmon Qatar davlatining biznes doiralari, investorlari va kompaniyalari bilan uchrashuv chog'ida Tojikiston va Qatar o'rtasidagi munosabatlar o'zaro ishonch va hurmat asosida rivojlanib borayotganini ma'lum qildi. Ushbu munosabatlarning asosiy maqsadi ikki do'stona mamlakat aholisining umumiy rivojlanishi va munosib hayotini ta'minlashdir.