O’ZBEKISTON
20.11.2025
Toshkentda birinchi “Markaziy Osiyo – Shimoliy Kengash” davlatlari tahliliy markazlari Forumi o‘tkazildi
2025-yil 18–19 noyabr kunlari Markaziy Osiyo xalqaro institutida birinchi “Markaziy Osiyo – Shimoliy Kengash” davlatlari tahliliy markazlari Forumi bo‘lib o‘tdi. Tadbir Markaziy Osiyo mamlakatlari va Shimoliy Yevropa davlatlari o‘rtasida ekspertlar muloqoti va eng yaxshi tajribalarni almashish uchun yangi platforma sifatida xizmat qildi. Forumda akademik doira, tahliliy markazlar, diplomatik missiyalar va biznes soha vakillari ishtirok etdi.