QIRG’IZISTON
30.08.2024
Qirg‘iziston va Janubiy Koreya to‘lovlarni qayta ishlash korxonasini ishga tushirdi
28 avgust kuni Qirg‘iziston va Janubiy Koreya mamlakatning to‘lov infratuzilmasini modernizatsiya qilishga qaratilgan “BC Card Kyrgyzstan” qo‘shma korxonasini rasman ishga tushirdi. Hamkorlik Janubiy Koreyaning BC Card, Smartro va Qirg‘izistonning ZAO Mejbankovskiy banklararo protsessing markazini o‘z ichiga oladi.