O’ZBEKISTON
14.12.2025
Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining uchinchi yig‘ilishi o‘tkaziladi.
Joriy yilning 15–17-dekabr kunlari Toshkent shahrida Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi parlamentlari rahbarlarining uchinchi yig‘ilishi o‘tkaziladi.
“Inson qadri, ijtimoiy adolat va atrof-muhitni muhofaza qilish yo‘lidagi hamkorlik” mavzusidagi uchinchi yig‘ilishning yalpi majlisi Markaziy Osiyo davlatlari va Koreya Respublikasi o‘rtasidagi yaqin istiqbolga mo‘ljallangan mintaqaviy hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlanadi.