O’ZBEKISTON
20.06.2026
"Har tomchi suvga to‘g‘ri keladigan YaIM" — TMIF ekspertlari Markaziy Osiyodagi suv inqirozi haqida
Markaziy Osiyoda suv tanqisligi 70 foizga yetadi - bu dunyodagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan deyarli to‘rt baravar yuqori. Shu bilan birga, 2040-yilga borib suvga bo‘lgan talab yana 23 foizga oshadi, muzliklar zaxirasi esa so‘nggi 50 yil ichida taxminan 30 foizga kamaydi. Muammo allaqachon ekologiya doirasidan chiqib ketgan - bu iqtisodiy rivojlanish va mintaqaviy barqarorlik masalasidir.