O’ZBEKISTON
06.06.2026
PXIF–2026: ROSSIYA VA MARKAZIY OSIYO DAVLATLARI O‘RTASIDAGI IQTISODIY HAMKORLIKNING YANGI ISTIQBOLLARI
Sankt-Peterburg xalqaro iqtisodiy forumi (PXIF) qariyb o‘ttiz yil davomida iqtisodiyot, investitsiyalar va xalqaro hamkorlik masalalarini muhokama qilish bo‘yicha eng nufuzli xalqaro maydonlardan biri bo‘lib kelmoqda. Bugungi kunda PXIF davlatlar, biznes vakillari, xalqaro tashkilotlar va ekspertlar hamjamiyati o‘rtasida jahon iqtisodiyotining rivojlanishi hamda hamkorlikning yangi modellarini shakllantirish masalalari yuzasidan muloqot maydoni vazifasini bajarmoqda.