O’ZBEKISTON
26.06.2025
MOXI direktori Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahatlashuv uchrashuvlari doirasida O‘zbekiston raisligining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Moskvada ma’ruza qildi
2025-yil 24-iyun kuni Moskva shahridagi Rossiya Milliy tadqiqot universiteti – Oliy iqtisodiyot maktabida (NIU VShE) Markaziy Osiyo Xalqaro Instituti (MOXI) direktori Javlon Vahabovning “O‘zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahatlashuv uchrashuvlaridagi raisligi: erishilgan natijalar va mintaqaviy konsolidatsiya istiqbollari” mavzusidagi ma’ruzasi boʻlib oʻtdi. Tadbir Yevropa va xalqaro tadqiqotlar boʻyicha Kompleks markazi, Jahon iqtisodiyoti va xalqaro siyosat fakulteti hamda Xalqaro hamkorlik maktabi hamkorligida tashkil etildi.