O’ZBEKISTON
13.06.2025
Toshkentda Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy ijodiy merosi muhokama qilindi
2025-yil 13-iyun kuni Markaziy Osiyo Xalqaro institutida (MOXI) Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiyning adabiy va ma’naviy merosining mintaqada muloqot, ishonch va madaniy birlikni rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyatiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi. Tadbir MOXI, Alisher Navoiy nomidagi Xalqaro jamoat fondi va Tojikiston Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasi hamkorligida tashkil etildi.