O’ZBEKISTON
31.12.2024
MOXI va fransuz instituti Markaziy Osiyo tadqiqotlari sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalarini muhokama qildilar
Markaziy Osiyo Xalqaro Institutida fransuz tadqiqotlar instituti (IFEAC - L’Institut français d’études sur l’Asie centrale) direktori Mari Favro bilan birinchi uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuvda tomonlar ilmiy tadqiqotlar va tahlil sohasidagi hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini, ayniqsa, O‘zbekistonning 2025-yilda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlarida bo‘lajak raisligi nuqtai nazaridan muhokama qildilar.